Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Santos» Neymarning mashg‘ulotlarga kelmagani sababini ochiqladi

«Santos» Neymarning mashg‘ulotlarga kelmagani sababini ochiqladi

Baho:
+ | -

Braziliyaning «Santos» klubi 34 yoshli hujumchi Neymarning nima sababdan yakshanba kungi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborganiga oydinlik kiritdi.

Avvalroq, yulduzli futbolchi hech qanday sabab ko‘rsatmasdan jamoa mashg‘ulotlariga kelmagani haqida xabarlar tarqalgan va bu turli shubhalarga sabab bo‘lgan edi. Klub matbuot xizmati vaziyatga quyidagicha izoh berdi:

«Sportchimiz Neymar shanba oqshomida virusli infeksiya bilan kasallandi. U tegishli dori-darmonlarni qabul qildi va muolajalarga ijobiy javob berdi. Hozirda u «Santos» tibbiy bo‘limi nazorati ostida bo‘lib turibdi».

Shuningdek, klub Neymarning umumiy holati yaxshilanganini va u seshanba kuni Sudamerikana Kubogi doirasida Argentinaning «San-Lorenso» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsga yo‘l oladigan delegasiya tarkibiga kiritilganini tasdiqladi.

Kiritildi: 14:58, 27.04.2026.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик