Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike: "Bu Yevropaning eng yaxshi ikki jamoasi"

Luis Enrike: "Bu Yevropaning eng yaxshi ikki jamoasi"

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi doirasida «Bavariya»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida gapirdi. Ispaniyalik mutaxassis kamtarlikni bir chetga surib, o‘z jamoasini Myunxen klubi bilan bir qatorda Yevropadagi eng zo‘ri deb hisoblashini aytdi.

«Bavariya» va «PSJ» — ham himoyada, ham hujumda Yevropaning eng yaxshi ikki jamoasidir. «Arsenal» ham yaxshi ishladi, lekin «Bavariya» barqarorroq va ular bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi.

Biroq, agar futbol sifatiga qaraydigan bo‘lsak, biz — birinchi raqammiz. Biz buyuk klublarni hurmat qilamiz, lekin haqiqat shunday», — dedi Enrike jurnalistlarga.

«PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi uchrashuv 28 aprel kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da (seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi) boshlanadi.

Kiritildi: 19:16, 27.04.2026.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик