Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Robert Sanches Angliya kubogi finaliga chiqish hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi

Robert Sanches Angliya kubogi finaliga chiqish hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» posboni Robert Sanches Angliya Kubogi yarim finalida «Lids Yunayted» ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ko‘plab o‘zgarishlar bo‘lgan qiyin mavsumdan keyin, agar yozgi tanaffusga qo‘limizda sovrin bilan chiqa olsak — bu shunchaki ajoyib bo‘lardi. Kelgusi bir necha hafta davomida shu ruhda davom etishimiz kerak, bu bizga kuchli ijobiy turtki beradi. Menimcha, so‘nggi bir necha hafta biz uchun oson kechmadi, lekin yigitlar mashg‘ulotlarda bunga ajoyib tarzda javob qaytarishdi. Bu, albatta, maydonda ham ko‘rindi — har bir o‘yinchi to‘p uchun kurashdi va bir-biri uchun jang qildi.

«Quruq» o‘yin va g‘alaba — bu katta yutuq. Men bir nechta yaxshi seyvlarni amalga oshirdim, lekin bu faqat mening xizmatim emas. Himoyachilarimiz ham bir necha bor raqib zarbalarini to‘sib qolishdi, ular doimiy ravishda to‘pni boshi bilan chiqarib yuborishdi. Biz tezkor gol urdik va himoyada ishonchli o‘ynadik.

Mavsum boshida 15 ta o‘yindan 9 yoki 10 tasida darvozamiz daxlsizligini saqlab qolganimiz yodimda. Shuning uchun yana «nol»ga o‘ynab, ijobiy kayfiyatga qaytganimiz juda yaxshi bo‘ldi. Oldinda yana beshta o‘yin bor, qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», — dedi Sanches.

Kiritildi: 19:25, 27.04.2026.
O'qildi: 202 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик