«Manchester Yunayted» afsonasi Gari Nevill Londonning «Arsenal» klubini Chempionlar ligasidagi ishtiroki borasida o‘z fikrini bildirdi. Yarim final bosqichida «kanonirlar»ga Madridning «Atletiko» jamoasi raqiblik qiladi.
«Bu futbolchilarning ko‘pchiligi Chempionlar ligasida qanday g‘alaba qozonishni bilishmaydi. Ular chempionlik poygasida muvaffaqiyatga juda yaqin kelishdi va endi unda mag‘lub bo‘lmaslikni qattiq istashadi. Menimcha, Arteta bir turnirni boshqasidan ustun qo‘ymasligi kerak, ammo u hozir APLda g‘olib chiqish Chempionlar ligasiga qaraganda osonroq ekanini biladi», — deya ekspertning so‘zlarini keltiradi Goal.com.
«U yerda ulardan ko‘ra yaxshiroq jamoalar bor. Ularning yarim finalda «Atletiko» to‘sig‘idan o‘ta olishiga ishonmayman, lekin chempionatda imkoniyatlari borligini ko‘ryapman», — deya qo‘shimcha qildi ekspert.
«Atletiko» va «Arsenal» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 29 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.













