"Barselona" vingeri Rafinya son sohasida olgan jarohatini davolashga yaqin turibdi.
MD xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi bugundan qisman jamoaviy mashg‘ulotlarda ishlay boshlagan. U hafta oxiridagi "Osasuna"ga qarshi o‘yinda bir necha daqiqa o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin.
Uning asosiy maqsadi 10 mayga belgilangan "Real"ga qarshi bahsga to‘liq tayyor bo‘lish.













