Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Britaniya boksi tarixidagi eng yirik jang: Fyuri va Joshua to‘qnashadi

Britaniya boksi tarixidagi eng yirik jang: Fyuri va Joshua to‘qnashadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempionlari, britaniyalik Tayson Fyuri (35-2-1) va Entoni Joshua (29-4) 2026 yilning to‘rtinchi choragida o‘zaro to‘qnash keladi. Bu haqda The Ring jurnalisti Mayk Koppinjer ma’lum qildi.

Tayson Fyuri (WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring, IBF sobiq chempioni) va Entoni Joshua (IBF, WBA, WBO, IBO sobiq chempioni) o‘rtasidagi to‘qnashuv yil so‘ngida London shahrida tashkil etilishi kutilmoqda.

“Sensasion xabar: Turki al ash-SHayx ijtimoiy tarmoqlarda ‘Buyuk Britaniyalik do‘stlar, bu sodir bo‘lmoqda, shartnoma imzolandi’ deb yozdi. Menga yetkazishlaricha, bu uzoq kutilgan ulkan jang nihoyat amalga oshishini anglatadi”, deydi Koppinjer.

Ring Magazine ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur to‘qnashuv Netflix platformasida namoyish etiladi va Britaniya boks tarixidagi eng masshtabli voqeaga aylanadi. Shu oyning boshida Tayson Fyuri rossiyalik Arslanbek Mahmudov ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, har ikki bokschi o‘rtasida yuzaga kelgan dahanaki jang bo‘lajak qarama-qarshilik naqadar keskin o‘tishidan darak bergan edi.

Koppinjer ushbu jangni tashkil etishda Turki al ash-SHayxning xizmatlarini alohida e’tirof etdi:

“Kanelo Alvares – Terens Krouford, Oleksandr Usik – Tayson Fyuri yoki Dmitriy Bivol – Artur Beterbiyev janglari kabi, u yana bir yirik voqeani tashkil qila oldi. Bu inson yana bir bor imkonsiz narsani uddaladi. Demak, Fyuri Joshuaga qarshi, joriy yilning to‘rtinchi choragida, Ring Magazine va Netflix taqdimotida”.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang ko‘p yillardan buyon kutilayotgan va ikki bokschining ukrainalik mutlaq chempion Oleksandr Usikdan uchralgan mag‘lubiyatlari sabab ortga surilayotgan edi. Usik eng muhim titul janglarida har ikki charm qo‘lqop ustasini ikki martadan yengishning uddasidan chiqdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:26, 27.04.2026.
O'qildi: 1432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик