Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Lingard: «Brunu ushbu mavsumdagi o‘yinlari bilan «Oltin to‘p»ga 100 foiz da’vogar»

Lingard: «Brunu ushbu mavsumdagi o‘yinlari bilan «Oltin to‘p»ga 100 foiz da’vogar»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Jessi Lingard jamoa sardori Brunu Fernandeshning joriy mavsumdagi o‘yinini yuqori baholadi.

«U doim meni «Yunayted»da eng yaxshi holatimda ko‘rishni istardi. U har doim yordam so‘rab murojaat qilishim mumkin bo‘lgan inson edi», — dedi hozirda «Korintians» sharafini himoya qilayotgan Lingard.

Shuningdek, Jessi Pol Pogbaning «Agar Brunu «Manchester Siti» kabi jamoada o‘ynaganida, «Oltin to‘p»ga da’vogarlik qila olardi», degan so‘zlariga munosabat bildirdi. Uning fikricha, Fernandesh har qanday holatda ham da’vogarlar qatorida bo‘lishi kerak.

«100 foiz qo‘shilaman. Uning bu mavsumda «Manchester Yunayted»dagi ishtiroki ajoyib bo‘ldi. U da’vogarlar ro‘yxatida bo‘lishi shart», — deya ta’kidladi Lingard.

Ma’lumot uchun, Brunu APLning 30 ta o‘yinida 8 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:42, 27.04.2026.
O'qildi: 798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик