Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Aleksandr Xomyakov: "Maqsadimiz dastlabki 15 daqiqada gol o‘tkazmaslik edi"

Aleksandr Xomyakov: "Maqsadimiz dastlabki 15 daqiqada gol o‘tkazmaslik edi"

Baho:
+ | -

Superliga 10-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Buxoro" (0:1) uchrashuvidan so‘ng buxoroliklar ustozi Aleksandr Xomyakov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yin qiyin kechishini bilgandik. "Mash’al" ilk ochkolarni qo‘lga kiritishga intilmoqda. Asabiy o‘yin bo‘ladi deb taxmin qilgandim, shunday ham bo‘ldi. Ikki jamoada ham vaziyatlar bo‘ldi. Birinchi bo‘limda ayniqsa bizda. Qiziqarli bahs guvohiga aylandik. Yigitlarni maqtayman. Birinchi bo‘limda vaziyatlarimizni ko‘kka sovurdik. Muxlislarni g‘alaba bilan qutlayman. Oldinda yana bir tur qoldi va keyin tanaffus bo‘ladi", - deya gap boshladi Aleksandr Xomyakov.

- "Mash’al" o‘nta o‘yindan beri yutqazmoqda. "Buxoro" bugun bunday jamoani osonlikcha mag‘lub etishi kerak emasmidi?

- Har bir o‘yin o‘ziga yarasha qiyin. Biroz boshqacharoq o‘yin namoyish etishimizni istardim, ammo bugungi o‘yin o‘tib bo‘ldi. Yigitlar futbolga to‘yib qolgandek. O‘yinlar soni ko‘payib ketdi. Meni xavotirga solayotgan ayrim jihatlar bor. Muhimi, uch ochko qo‘lga kiritildi.

- "Buxoro" 13ta gol urib, 10ta to‘p o‘tkazib yubordi. Himoya chizig‘ining bunday ko‘rsatkichlari sizni xavotirga solmayaptimi?

- Albatta o‘ylantiryapti. Ketma-ket uch o‘yindan beri birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuboryapmiz. Bugungi maqsadimiz dastlabki 15 daqiqada gol o‘tkazib yubormaslik edi. To‘plar nisbatiga e’tibor beryapmiz. Gol o‘tkazmaslikni istaymiz, ammo bu futbol. Raqiblar darajasi yuqori va boshqa faktorlar ko‘p. Shuning uchun, ushbu jihat meni unchalik o‘ylantirmayapti. Osonlikcha gol o‘tkazayotganimiz ko‘proq o‘ylantirishi kerak.

- Nika Kacharava majburiy o‘zgarish bo‘ldimi?

- Jarohati qanchalik og‘ir ekanligini endi bilamiz. Asosiy tarkibda endi maydonga tushgandi. Yomon o‘yin o‘tkazmadi, nazarimda.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 08:33, 28.04.2026.
O'qildi: 230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик