Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Kompani «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi farq haqida gapirdi

Kompani «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi farq haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi bo‘lajak bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ikkala jamoa ham pozision o‘yin va maydonda yechimlar topish borasida ulkan kreativlikka ega. Bunday o‘yinlarda hamma narsani mayda detallar, temp va energiya hal qiladi. Biz «PSJ» bilan allaqachon to‘rtinchi marta to‘qnash kelmoqdamiz. Bu borada bizda ham, raqibda ham yetarlicha tajriba bor. Bu yerda hech qanday «sehrli yechim» mavjud emas.

Bizning ustunligimiz shundaki, ularga qarshi ko‘p marta o‘ynaganmiz, ammo bu ikki tomonlama ishlaydigan omil. Biz raqibga qanday bosim o‘tkazishni bilamiz. «PSJ» maydonning turli nuqtalarida yaxshi o‘ynay oladi, ammo bu bizni g‘aflatda qoldirmaydi. Ularning har bir chizig‘ida sifatli ijrochilar bor, xuddi biz kabi», — dedi Kompani jurnalistlar bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 28 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 09:58, 28.04.2026.
O'qildi: 442 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик