Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Fenerbaxche» Domeniko Tedeskoni ishdan haydadi

«Fenerbaxche» Domeniko Tedeskoni ishdan haydadi

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi bosh murabbiy Domeniko Tedesko bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi. Istanbulning «sariq kanareykalari» rahbariyati ushbu qarorni jamoaning azaliy raqibi «Galatasaroy»dan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan (0:3) so‘ng qabul qildi.

Tedesko o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon jamoani boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida «Fenerbaxche» 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta g‘alaba, 12 ta durang va 7 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Hozirda Turkiya superligasi yakunlanishiga uch tur qolganda «Fenerbaxche» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Biroq peshqadam «Galatasaroy» bilan oradagi farq yetti ochkoga yetgan bo‘lib, bu chempionlik imkoniyatlarini deyarli yo‘qqa chiqardi.

Kiritildi: 10:10, 28.04.2026.
O'qildi: 516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик