Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Rodrigoning jarohatdan keyingi kundaligi: «Azob, kuchli og‘riq va ko‘ngil aynishi...»

Rodrigoning jarohatdan keyingi kundaligi: «Azob, kuchli og‘riq va ko‘ngil aynishi...»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigoning og‘ir jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchida tizzaning oldingi xochsimon bog‘lamlari va menisk yirtilishi tashxisi qo‘yilgan edi. Mart oyi boshida operasiya qilingan futbolchi 10 oyga safdan chiqqan va JCH-2026ni o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.

As nashrining yozishicha, Rodrigo dastlabki haftalarni to‘liq oromda o‘tkazgan. Oyog‘iga bandaj taqilgan vaqtda u futbol tomosha qilish, ukulele chalish, domino va PlayStation o‘yinlari bilan vaqt o‘tkazgan. Shuningdek, u o‘z holatini kundalikka qayd etib borgan. Operasiyadan keyingi ilk kunda u: «To‘liq azob, kuchli og‘riq va ko‘ngil aynishi», deb yozgan bo‘lsa, to‘rt kundan keyin og‘riqlar kamayganini qayd etgan.

Qizig‘i shundaki, ikki marta shunday jarohatni boshdan kechirgan Eder Militao jamoadoshiga ruhiy dalda bergan. Hozirda Rodrigo «Real» bazasida va uyidagi shaxsiy sport zalida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Tiklanish jarayoni klub shifokorlari belgilagan muddatdan ancha ilgarilab ketgani aytilmoqda.

Kiritildi: 12:07, 28.04.2026.
O'qildi: 363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик