Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Aston Villa» Sanchoni saqlab qolmoqchi

«Aston Villa» Sanchoni saqlab qolmoqchi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi sobiq futbolchisi Jeydon Sanchoni ortga qaytarish bo‘yicha muzokaralarda sezilarli ilgariladi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar kelishuvga erishishga juda yaqin turishibdi, chunki shu yozda 26 yoshli vinger erkin agentga aylanadi. Biroq Sancho ayni damda ijara asosida to‘p surayotgan «Aston Villa» klubi ham uni o‘z safida saqlab qolishdan umidini uzmagan. Birmingemliklar futbolchini keyingi mavsum uchun ham jamoada qoldirishga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Aston Villa» Sanchoni o‘tgan yilning sentyabr oyida ijaraga olgan edi. O‘shandan beri u barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:50, 28.04.2026.
O'qildi: 471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик