Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Milan» Mario Xila uchun kurashda yetakchilik qilmoqda, biroq...

«Milan» Mario Xila uchun kurashda yetakchilik qilmoqda, biroq...

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi tarbiyalanuvchisi va ayni damda «Lasio» sharafini himoya qilayotgan himoyachi Mario Xila yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. «Milan» klubi sport direktori Igli Tare uchun ushbu futbolchi asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda.

25 yoshli ispaniyalik himoyachi «Lasio» bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Bu esa Rim klubini uni shu yozda sotishga majbur qilishi mumkin. Biroq «Milan»ga Xila uchun kurashda «Atletiko Madrid», «Napoli» va «Yuventus» kabi grandlar raqobat tug‘dirmoqda.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, Mario Xilaning transferidan tushadigan mablag‘ning 50 foizi «Real»ga tegadi. Shu sababli «Lasio» o‘z himoyachisini kamida 25–30 million yevroga baholashi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:48, 28.04.2026.
O'qildi: 419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик