Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Dayo Upamekano Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan «PSJ»ga qarshi dastlabki bahs oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Nemis va fransuz klublari o‘rtasidagi uchrashuv 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Usmon Dembele bilan bo‘lajak to‘qnashuv haqida
«Biz bitta shahardanmiz. Chempionlar ligasi yarim finalida o‘zaro to‘qnash kelishimiz — aql bovar qilmas voqea. Ha, biz ilgari ham bir-birimizga qarshi o‘ynaganmiz, lekin bu safar boshqacha o‘yin bo‘ladi. Ikkimiz ham o‘z jamoamiz uchun kurashishga tayyormiz», — deya Upamekanoning so‘zlarini keltiradi TNT Sports.
Jamoadoshi Maykl Olise haqida
«Mashg‘ulotlarda unga qarshi himoyalanishimga to‘g‘ri keladi va bu juda qiyin. U deyarli hamma narsani qila oladi. To‘p unda bo‘lganida, meni aldab o‘tishiga ishonadi. U juda ko‘p mehnat qiladi va doimo o‘z ustida ishlashni xohlaydi. U bilan birga «Bavariya»da va terma jamoada o‘ynayotganimdan xursandman».
Raqib haqida
«PSJ tarkibida ajoyib o‘yinchilar bor va ular superjamoa. Hozirda ular dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Ular juda yaxshi shakllangan va agressiv hujum qilishadi. Biz ilgari ham parijliklarga qarshi o‘ynaganmiz. Bu juda qiyin. Ular maydonda doimiy harakat qilish orqali raqibni muvozanatdan chiqarishga harakat qilishadi. Biz buni uddalashga harakat qilamiz».













