Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«RB Leypsig» Verner bilan shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamoqda

«RB Leypsig» Verner bilan shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamoqda

Baho:
+ | -

«RB Leypsig» klubi bosh murabbiy Ole Verner bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda nemis jurnalisti Filipp Ginse o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Vernerning hozirdagi kelishuvi 2027 yilgacha amal qiladi. Klub va murabbiy o‘rtasidagi muzokaralar mavsum yakunlanganidan keyingi davrga rejalashtirilgan. Har ikki tomon ham uzoq muddatli hamkorlikdan manfaatdor, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Klubning asosiy vazifasi — Chempionlar ligasidagi o‘rnini saqlab qolish. Ayni damda «RB Leypsig» Bundesligada uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa beshinchi o‘rindagi «Xoffenxaym»ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda, mavsum yakuniga qadar esa atigi 3 ta o‘yin qoldi.

Ole Verner hozirgi lavozimini 2025 yildan beri egallab kelmoqda. Bungacha mutaxassis «Verder» va «Xolshtayn» klublarida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 17:00, 28.04.2026.
O'qildi: 430 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик