Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Liverpul» Byokemaga qiziqish bildirmoqda

«Liverpul» Byokemaga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi yozgi transfer oynasi oldidan «Napoli» markaziy himoyachisi Sem Byokemani kuzatmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot 27 yoshli futbolchining qobiliyatini yuqori baholaydi. Mutaxassis Byokemani hali Niderlandiyada ishlab yurgan kezlaridayoq o‘z jamoasiga qo‘shib olishni istagan edi. «Napoli» esa futbolchining transferi bo‘yicha 35 million yevrodan yuqori bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Joriy mavsumda Byokema barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 20:41, 28.04.2026.
O'qildi: 267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик