Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Bugun biz g‘alabaga ham, durangga ham, mag‘lubiyatga ham loyiq edik». Luis Enrike «PSJ» — «Bavariya» uchrashuvi haqida fikr bildirdi

«Bugun biz g‘alabaga ham, durangga ham, mag‘lubiyatga ham loyiq edik». Luis Enrike «PSJ» — «Bavariya» uchrashuvi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi yarim finalida «Bavariya» ustidan qozonilgan (5:4) hisobidagi g‘alabaga izoh berdi.

— O‘yin juda og‘ir kechdi va javob bahsi ham xuddi shunday bo‘ladi. Bu «Bavariya» uchun mavsumdagi atigi uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Men hech qachon bunday intensivlik va jismoniy tayyorgarlik darajasini ko‘rmaganman.

Hammani tabriklash kerak. Bugun biz g‘alabaga ham, durangga ham, mag‘lubiyatga ham loyiq edik. Bu fantastik uchrashuv bo‘ldi. Shubhasiz, bu mening murabbiylik faoliyatimdagi eng yaxshi o‘yin.

Yakunda g‘alaba qozonganimizdan mamnunmiz, garchi har ikki jamoa ham o‘z xarakterini namoyon qilgan bo‘lsa-da. Javob o‘yinida boshqacha ssenariy kutmayapman, ammo biz harakat qilamiz, — dedi Enrike.

«Bavariya» — «PSJ» javob uchrashuvi 6 maydan 7 mayga o‘tar kechasi Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 08:50, 29.04.2026.
O'qildi: 1001 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик