Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 2-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 0-0 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Bayer» o‘z yetakchisini olib qoldi

«Bayer» o‘z yetakchisini olib qoldi

Baho:
+ | -

«Bayer» himoyachi Edmond Tapsoba bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Endilikda burkina-fasolik 27 yoshli futbolchi bilan tuzilgan kelishuv 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

«So‘nggi olti yarim yil ichida Edmond Tapsoba yuqori darajada o‘yin ko‘rsatib, Bundesliganing eng yaxshi himoyachilaridan biriga va jamoamizning asosiy figurasiga aylandi. U «oltin dubl» qayd etgan tarkibimizning tayanchi bo‘ldi, muvaffaqiyatlarimizga ulkan hissa qo‘shdi va jamoaning barcha bo‘g‘inlarini bog‘lab turuvchi muhim bo‘g‘in vazifasini o‘tadi. Eng tajribali o‘yinchilarimizdan biri sifatida, Eddi navbatdagi g‘olib jamoani shakllantirishda yo‘lchi yulduz bo‘lishda davom etadi», — deya sport direktori Simon Rolfesning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Tapsoba 2020 yilning yanvaridan buyon «Bayer» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda u 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Himoyachi «Bayer» tarkibida 2023/24 yilgi mavsumda Germaniya kubogi va mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2024/25 yilgi mavsumda Germaniya Superkubogi sohibiga aylandi.

Kiritildi: 16:19, 29.04.2026.
O'qildi: 292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик