Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Al-Ahli» himoyachisi: «Hakamlar har mavsum «An-Nasr»ga yordam beradi»

«Al-Ahli» himoyachisi: «Hakamlar har mavsum «An-Nasr»ga yordam beradi»

Baho:
+3 | -

«Al-Ahli» himoyachisi Merih Demiral Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «An-Nasr»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:2) hakamlik haqida ochiqchasiga gapirdi.

Jorje Jezush jamoasi Krishtianu Ronaldu va Kingsli Komanning mos ravishda 76 va 90-daqiqalarda urgan gollari evaziga g‘alaba qozondi.

«To‘g‘risini aytsam, aql bovar qilmaydigan hakamlik. Shunchaki oyog‘imga qarang! Barcha qarorlar «An-Nasr» foydasiga. Ularga har mavsum yordam berishadi. Bu shunchaki dahshat. Biz — «Al-Ahli»miz va hech qanday chetdan yordamsiz, doimo sovrinlar uchun kurashishimiz bilan faxrlanamiz», — deya jurnalist Fabrisio Romano Demiralning intervyusidan iqtibos keltiradi.

«An-Nasr» 79 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Al-Ahli» esa 66 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 08:26, 30.04.2026.
O'qildi: 1046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик