Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Unai Emeri Reshfordni jamoasida ko‘rmoqchi

Unai Emeri Reshfordni jamoasida ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordga bo‘lgan qiziqishlar ortib bormoqda. Ayni damda ijara asosida «Barselona» sharafini himoya qilayotgan vinger tez orada yana jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar futbolchining transferini to‘liq sotib olish huquqidan foydalanish niyatida emaslar. Vaziyatni «Aston Villa» klubi va shaxsan jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri yaqindan kuzatib bormoqda. Mutaxassis futbolchini o‘z jamoasi safida ko‘rishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli Reshford uchun «Aston Villa» begona emas — u 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini aynan Birmingem klubida ijara asosida o‘tkazgan edi. Hujumchining «mankunianliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha imzolangan bo‘lib, Transfermarkt portali uning bahosini 40 million yevro etib belgilagan.

Kiritildi: 10:14, 30.04.2026.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик