Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Simeone Chempionlar ligasida Angliya jamoalariga qarshi qiziqarli seriyani davom ettirdi

Simeone Chempionlar ligasida Angliya jamoalariga qarshi qiziqarli seriyani davom ettirdi

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «Atletiko» va «Arsenal» o‘rtasidagi ilk uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Madridda kechgan bahsda jamoalar penaltidan kiritilgan gollar bilan almashishdi — dastlab Viktor Dyokeresh mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, keyinroq Xulian Alvares muvozanatni tikladi.

Squawka statistika mutaxassislari ushbu o‘yindan so‘ng qiziqarli faktni taqdim etishdi: Diyego Simeone «Atletiko» bosh murabbiyi sifatida hali biror marta ham o‘z maydonida Angliya klublariga YECHL pley-off bosqichida mag‘lub bo‘lmagan.

Hozirgacha argentinalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa Madridda APL vakillariga qarshi 7 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, ularning 3 tasida g‘alaba qozongan va 4 bor durang qayd etgan. E’tiborli jihati, ushbu 7 ta o‘yinda «Atletiko» 7 xil raqibga qarshi to‘p surgan:

  • «Chelsi»

  • «Lester»

  • «Liverpul»

  • «Manchester Yunayted»

  • «Manchester Siti»

  • «Tottenxem»

  • «Arsenal»

Kiritildi: 12:16, 30.04.2026.
O'qildi: 343 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик