Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Maynuning «Manchester Yunayted»dagi maoshi 650 foizga ko‘tariladi

Maynuning «Manchester Yunayted»dagi maoshi 650 foizga ko‘tariladi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu tez orada klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Tomonlar 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan kelishuv bo‘yicha yakuniy xulosaga kelishgan.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, yangi shartnomaga ko‘ra 21 yoshli futbolchining maoshi naq 650 foizga oshadi. Agar hozirgacha Maynu haftasiga 20 ming funt maosh olib kelgan bo‘lsa, yangi kelishuvdan so‘ng bu ko‘rsatkich haftasiga 150 ming funtni (taxminan 173 ming yevro) tashkil etadi.

Yaqindagina 21 yoshini qarshi olgan Kobbi Maynu «qizil iblislar»ning asosiy tarkibida mustahkam o‘rin egallashga ulgurdi. U hozirga qadar jamoa safida barcha musobaqalarda 98 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:08, 30.04.2026.
O'qildi: 588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик