Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Bavariya» «Arsenal» yulduziga xaridor bo‘lmoqda

«Bavariya» «Arsenal» yulduziga xaridor bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

«Arsenal» hujumchisi Kay Xavers Bundesligaga qaytishi mumkin. Jurnalist Charlz Uottsning ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi shu yozda forvardni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Futbolchining transferiga «Bavariya» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Germaniya chempionlari Xaversni Nikolas Jekson o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rishmoqda. Ma’lumot uchun, Jekson joriy mavsum yakunida ijara muddati tugagach, «Chelsi»ga qaytadi.

Kay Xavers 2023 yilda «Chelsi»dan 75 million yevro evaziga «Arsenal»ga o‘tgan edi. Uning «kanonirlar» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:56, 30.04.2026.
O'qildi: 1647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик