"Al-Hilol" bosh murabbiyi Simone Indzagi o‘z iste’fosi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi.
"Menimcha, hamma mendan mamnun," – dedi italiyalik mutaxassis.
"Biz Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finaliga chiqdik, hali ham chempionlik uchun kurashyapmiz – peshqadamdan besh ochko ortda bo‘lsak-da, oldinda "An-Nasr"ga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bahsimiz bor. Shuningdek, Qirol kubogi finalida o‘ynashimiz kerak...
Eng muhimi, joriy mavsumda hali biror marta mag‘lubiyatga uchraganimiz yo‘q. Osiyo Chempionlar Ligasida Manchini boshchiligidagi "As-Sadd"dan uchralgan mag‘lubiyat penaltilar seriyasida sodir bo‘ldi. Menimcha, dunyoda haligacha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan boshqa murabbiy bo‘lmasa kerak."













