Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Real" "el-klasiko"dan so‘ng murabbiy ishi bo‘yicha jiddiy harakat boshlaydi

"Real" "el-klasiko"dan so‘ng murabbiy ishi bo‘yicha jiddiy harakat boshlaydi

Baho:
+ | -

Jurnalist Xorxe S. Pikonning so‘zlariga ko‘ra, "Real Madrid" rahbariyati murabbiylikka nomzodlar bilan hali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borgani yo‘q.

"Qaymoqranglilar" hozircha faqat murabbiylarning yaqin atrofidagi insonlar (vakillari) bilan bog‘lanib, kelishuv shartlari va imkoniyatlarini muhokama qilishgan.

Ispaniya giganti mavsum yakunida Alvaro Arbeloaning o‘rnini egallaydigan yangi murabbiyni olib kelish ustida ishlamoqda.

Madridliklar yangi bosh murabbiy borasidagi yakuniy qarorni 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan "el-klasiko"dan so‘ng qabul qilishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, asosiy nomzodlar sifatida "Benfika" ustozi Joze Mourinyo va "Liverpul"ning sobiq murabbiyi Yurgen Klopp ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, "Qaymoqranglilar" matbuotda hali nomi chiqmagan boshqa mutaxassislarni ham kuzatib borishmoqda.

Klub prezidenti Florentino Peres jamoani qayta qurish jarayoniga boshchilik qilishi uchun tajribali va muvaffaqiyatlarga erishgan murabbiyni jamoaga taklif qilmoqchi.

Kiritildi: 17:33, 30.04.2026.
O'qildi: 815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик