Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Endrik o‘z o‘yinini qanday yaxshilagani haqida gapirdi

Endrik o‘z o‘yinini qanday yaxshilagani haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Ijara asosida "Lion" sharafini himoya qilayotgan "Real" hujumchisi Endrik tanqidlarga e’tibor berishni to‘xtatganidan so‘ng, o‘yinida o‘sish kuzatilganini ta’kidladi.

"Men endi boshqalarning nima deyishiga e’tibor bermay qo‘ydim. Agar buni hayotingizdan chiqarib tashlasangiz, hamma narsa osonlashadi. Men bir qadam orqaga qaytdim va faqat futbol o‘ynashga hamda jamoam uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga e’tibor qaratdim. Maydondan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealarga chalg‘imasangiz, yaxshiroq o‘ynay boshlaysiz. Futbolchilar uchun eng muhimi ham shu — jamoa uchun qattiq mehnat qilish va tanqidlar tufayli qayg‘urmaslik.

Boshida ijtimoiy tarmoqlar va tanqidlarni juda yomon qabul qilardim. Maydonni tark etishim bilan odamlar men haqimda nima deyishayotganini bilish uchun "Tvitter" va boshqa tarmoqlarga kirardim. O‘z "ego"mni qondirmoqchi bo‘lardim. Lekin bu yaxshi emas. Xudoga shukur, u davrlar tugadi. O‘yin tugagach, men xotirjamlikni saqlayman va bor e’tiborimni tiklanishga qarataman. Tanqidlar meni endi tashvishga solmaydi", — dedi Endrik.

Kiritildi: 18:16, 30.04.2026.
O'qildi: 197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик