Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Spalletti "Siti" yulduziga qo‘ng‘iroq qildi

Spalletti "Siti" yulduziga qo‘ng‘iroq qildi

Baho:
+ | -

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti "Manchester Siti" sardorini shu yozda "keksa sinyora" safiga qo‘shilishga ko‘ndirish uchun u bilan suhbat o‘tkazdi.

Italiyaning mashhur La Gazzetta dello Sport nashri manbalariga ko‘ra, "byankonerilar" ustozi Bernardu Silva bilan telefon orqali muloqotda klub loyihasini muhokama qilish imkoniga ega bo‘lgan. Tajribali portugaliyalik yarim himoyachining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida yakuniga yetishini inobatga olsak, u jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Joriy mavsumda 31 yoshli Bernardu Silva "Manchester Siti" libosida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U umumiy hisobda "gorojanlar" safida o‘tkazilgan 454 ta uchrashuvda 76 ta gol va 77 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 18:32, 30.04.2026.
O'qildi: 1396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик