Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Baho:
+ | -

UYEFA ijtimoiy tarmoqlar orqali Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele ushbu sovringa loyiq topildi.

Yarim finalning «Bavariya»ga qarshi birinchi uchrashuvida Dembele dubl qayd etdi va bir golli uzatmani amalga oshirdi. O‘yin «PSJ»ning 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Javob uchrashuvi 6 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Joriy mavsum Chempionlar ligasida Dembele 11 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qilgan. Usmon — amaldagi «Oltin to‘p» sohibi.

«PSJ» o‘tgan mavsum qo‘lga kiritgan Chempionlar ligasi chempionligini himoya qilmoqda. Ushbu mavsumning ikkinchi yarim finalida esa «Arsenal» va «Atletiko» o‘zaro bahs olib bormoqda. Final uchrashuvi 23 may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 23:12, 30.04.2026.
O'qildi: 1675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик