Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Martin Edegor mavsumning eng muhim o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin

Martin Edegor mavsumning eng muhim o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi sardori Martin Edegor Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvini o‘tkazib yuborish xavfi ostida qoldi.

Yarim himoyachi chorshanba kuni Madridda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinning (1:1) 57-daqiqasida almashtirilgan edi. Arsenal Radar bergan ma’lumotga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi navbatdagi jarohatini olgan. Klub 27 yoshli o‘yinchining holatini Premyer-liganing navbatdagi turi doirasidagi «Fulxem»ga qarshi bahs oldidan baholaydi. Agar voqealar rivoji salbiy ko‘rinish olsa, xavbek nafaqat shanba kungi «dala hovli egalari» bilan o‘yinni, balki 5 may kuni Londonda «matraschilar»ga qarshi kechadigan yarim final javob jangini ham o‘tkazib yuboradi.

Martin Edegor butun mavsum davomida tizzasidagi muammolardan aziyat chekmoqda. U joriy mavsumda 32 bor maydonga tushib, bitta gol va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:47, 01.05.2026.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик