Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Pochettino o‘zini to‘laqonli murabbiyga aylantirgan klub nomini aytdi

Pochettino o‘zini to‘laqonli murabbiyga aylantirgan klub nomini aytdi

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «PSJ»da Messi, Neymar va Mbappe bilan birga ishlagan davridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menimcha, aynan «PSJ»dagi faoliyatimdan keyin men to‘laqonli murabbiyga aylandim. Hatto tarkibingizda juda kuchli futbolchilar bo‘lgan taqdirda ham, Parijga kelganingizda o‘z xarakteringizga ega bo‘lishingiz bilan birga, jamoadagi o‘yinchilarga moslashishingiz ham kerak bo‘ladi. Bu aslo g‘azabni keltirmaydi, aksincha, ixtiyoringizda o‘ziga xos xususiyatlarga ega futbolchi borligini va undan foydalanish mumkinligini bilasiz.

Shunday bo‘lsa-da, siz o‘z g‘oyalaringizni qayta ko‘rib chiqishingiz va yigitlarning rivojlanishiga imkon beradigan ma’lum bir tuzilmani yaratishga harakat qilishingiz lozim», — dedi Pochettino Garri Nevillning Stick to Football podkastida.

Argentinalik mutaxassis «PSJ»da 2021 yilning yanvaridan 2022 yilning iyuliga qadar faoliyat yuritgan. Uning qo‘l ostida parijliklar Fransiya chempioni, mamlakat Kubogi va Superkubogi sohibiga aylanishgan.

Kiritildi: 09:17, 01.05.2026.
O'qildi: 575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик