Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Barselona» Levandovskining taqdirini hal qiladi: Klub va agent o‘rtasida hal qiluvchi uchrashuv belgilandi

«Barselona» Levandovskining taqdirini hal qiladi: Klub va agent o‘rtasida hal qiluvchi uchrashuv belgilandi

Baho:
+ | -

Tez orada Robert Levandovskining mavsum yakunlanganidan keyin «Barselona»da qolish-qolmasligi ma’lum bo‘ladi. 37 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida nihoyasiga yetadi.

Barca Universal nashrining RAC1 ga tayanib xabar berishicha, kelgusi haftada Kataloniya klubi rahbariyati polshalik hujumchining agenti bilan uchrashadi. Ushbu uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Robert Levandovski 2022 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda forvard Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushdi. U o‘z hisobiga 17 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 10:27, 01.05.2026.
O'qildi: 603 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик