Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Barselona»ning ikki vakili futbolchilar ovoziga ko‘ra tuzilgan ramziy jamoadan joy oldi

«Barselona»ning ikki vakili futbolchilar ovoziga ko‘ra tuzilgan ramziy jamoadan joy oldi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchilari Lamin Yamal va Pedri FIFPRO ramziy terma jamoasidan joy olishdi. Ushbu tarkib dunyoning eng sara chempionatlarida to‘p suruvchi futbolchilarning shaxsiy ovoz berishi orqali aniqlanadi. Ro‘yxatga kirish uchun asosiy mezon — bir mavsum davomida kamida 30 ta o‘yinda maydonga tushishdir.

Ushbu holatda gap o‘tgan 2024/2025 yilgi mavsumning ramziy terma jamoasi haqida ketmoqda. Ularning mazkur tarkibga kirgani o‘tgan yilning oxirida ma’lum bo‘lgan edi, biroq endilikda har ikki futbolchi o‘z sovrinlarini qabul qilib olishdi. Mukofotlarni topshirish uchun FIFPRO vakillari Xoakim Evangelista va Pol Makfarleyn maxsus tashrif bilan Barselonaga kelishdi.

«Barselona» rasmiy saytining xabariga ko‘ra, ramziy terma jamoadan Xakimi, van Deyk, Mendesh, Palmer, Bellingem, Vitinya, Mbappe va Dembele kabi yulduzlar ham joy olgan.

Kiritildi: 13:30, 01.05.2026.
O'qildi: 1811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик