Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Flik jarohatlangan futbolchilar va chempionlik poygasi haqida gapirdi

Flik jarohatlangan futbolchilar va chempionlik poygasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik La Liganing 34-turidan o‘rin olgan «Osasuna»ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv 2 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Jarohatlar haqida: «Jarohatlar — futbolning bir qismi. Rafinya — har doim maydonda bor imkoniyatini ishga soladigan futbolchi. Uning safga qaytgani biz uchun juda muhim. U bizning sardorimiz va jamoaga ijobiy kayfiyat olib kiradi.

Lamin Yamal masalasida Ispaniya terma jamoasi tibbiy shtabi bilan aloqada bo‘lib turibmiz. Laminning o‘zi ham terma jamoa murabbiyi bilan gaplashyapti, uning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Kristensen bu mavsum oxirigacha biror o‘yinda maydonga tusha oladimi-yo‘qmi, bilmayman, ammo Mark Bernal ertaga biz bilan birga bo‘ladi», — dedi mutaxassis.

Shuningdek, Flik hakamlarning bir xil vaziyatlarga turlicha yondashishi haqidagi munozaralarga to‘xtalishni istamadi va u uchun eng muhimi — o‘yinlardan zavq olish ekanini ta’kidladi.

Hozirda «Barselona» 85 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridning «Real» klubi hisobida 74 ochko bor. «Osasuna» esa 42 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 17:45, 01.05.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик