Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ramush Italiya grandiga o‘tishi mumkin

Ramush Italiya grandiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

«PSJ» sharafini himoya qilayotgan portugaliyalik hujumchi Gonsalu Ramush Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Mashhur jurnalist Janluka di Marsio bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchining xizmatlari «Yuventus» va «Milan» klublariga taklif qilingan. Fransiya jamoasi tarkibida Ramush asosan rotasiya o‘yinchisi hisoblanadi va maydonda kam vaqt olmoqda. Uning agenti Jorje Mendesh portugaliyalik futbolchi uchun faol ravishda yangi klub izlamoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, Ramushga shuningdek «Barselona» va «Nyukasl» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali Ramushni 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:23, 01.05.2026.
O'qildi: 738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик