Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Xarvi Elliott «Liverpul»ga qaytadi

Xarvi Elliott «Liverpul»ga qaytadi

Baho:
+ | -

Xarvi Elliottning «Aston Villa»dagi omadsiz ijara muddatidan so‘ng, uning «Liverpul»dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Daily Mail nashrining xabar berishicha, futbolchining «Enfild»ga qaytishi hozirda «amrimahol, biroq imkonsiz emas» deb baholanmoqda.

23 yoshli futbolchi «Villa» safiga ijara asosida o‘tgan edi. Kelishuvga ko‘ra, agar Elliott ma’lum miqdordagi o‘yinlarda maydonga tushsa, Birmingem klubi uni 35 million funt sterling evaziga sotib olish majburiyatini olgandi. Biroq jarayon rejadagidek kechmadi va bu mavsum yarim himoyachi uchun ancha qiyin o‘tdi.

Xarvi Elliott «Aston Villa» safida jami 9 ta o‘yinda ishtirok etdi (asosan zaxiradan maydonga tushdi) va bor-yo‘g‘i bitta gol muallifiga aylandi.

Shunga qaramay, Elliottga xorij klublari tomonidan qiziqish hamon saqlanib qolmoqda. Xususan, Bundesliga jamoalari avval ham uni kuzatib kelishgan va shu yozda bu qiziqish yana jonlanishi mumkin.

Atigi bir yil oldin, ayniqsa, 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatidagi yorqin ishtirokidan so‘ng, uning nufuzi butun Yevropa bo‘ylab juda baland edi. Biroq o‘tgan yil davomida uning transfer qiymati sezilarli darajada pasaygani taxmin qilinmoqda. Shunday bo‘lsa-da, kelayotgan transfer oynasida unga xaridorlar topilishi kutilyapti.

Kiritildi: 23:14, 01.05.2026.
O'qildi: 717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик