Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Timber «Arsenal» bilan uzoq muddatli kelishuvga yaqin

Timber «Arsenal» bilan uzoq muddatli kelishuvga yaqin

Baho:
+ | -

Hand of Arsenal nashrining xabar berishicha, «Arsenal» shu yozda Yurriyen Timber bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolanishiga tobora ko‘proq ishonch hosil qilmoqda va kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar ijobiy ketmoqda.

Muzokaralar ancha ilgarilab qolgan bo‘lib, yangi shartnoma Timberning Mikel Arteta jamoasidagi muhim o‘rnini aks ettirishi kutilmoqda.

Shartnoma bo‘yicha muhokamalar bilan bir qatorda, Timber jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Uning jismoniy holati klub tibbiy shtabi tomonidan qat’iy nazorat ostiga olingan.

Chov sohasidagi muammolar bilan ishlash ancha murakkab ekani ta’kidlanmoqda, shu bois klub uning reabilitasiyasiga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, u tiklanish dasturi doirasida maxsus mutaxassis bilan ishlamoqda, biroq bu borada hali to‘liq tasdiqlangan ma’lumotlar kutilyapti.

Davom etayotgan xavotirlarga qaramay, klub ichida Timberning mavsum yakuniga qadar maydonga qaytishi borasida optimistik kayfiyat mavjud.

Kiritildi: 23:25, 01.05.2026.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик