Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Livramento «Arsenal»ga sotib yuborilishini kutmoqda

Livramento «Arsenal»ga sotib yuborilishini kutmoqda

Baho:
+ | -

«Nyukasl» himoyachisi Tino Livramento yozda Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqda Football365 xabar bermoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti»da ham qiziqish uyg‘otgan Livramento hozirgi klubini 81 million yevro evaziga tark etishi mumkin. «Arsenal» yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Ben Uaytga o‘rinbosar qidirmoqda va Livramento eng mos nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Garchi ingliz futbolchisining o‘zi transfer amalga oshishiga shubha qilmayotgan bo‘lsa-da, klublar o‘rtasida hali rasmiy muzokaralar boshlangani yo‘q.

Joriy mavsumda 23 yoshli Livramento 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 1 ta ogohlantirish oldi.

Kiritildi: 08:15, 02.05.2026.
O'qildi: 848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик