Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Maynu bolaligidagi sevimli futbolchisi kim bo‘lganini aytdi

Maynu bolaligidagi sevimli futbolchisi kim bo‘lganini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi va yarim himoyachisi Kobbi Maynu bolaligida «qizil iblislar»ning qaysi futbolchisiga havas qilgani haqidagi savolga javob berdi.

— Jamoaning sen sotib olgan ilk libosida kimning ismi yozilgan edi?

— Runi. Men ulg‘ayayotgan vaqtda u «Yunayted»ning asosiy yulduzi edi. O‘sha paytlarda boshqa birovning ismi tushirilgan libosni kiyib yurgan odamni uchratmagan bo‘lsam kerak.

— Agar hozir bola bo‘lganingda, libosingga kimning ismini yozdirgan bo‘larding?

— Ehtimol, Brunu Fernandesh yoki Amad Diallo. Yoshligimda menga shunday o‘yin uslubi yoqardi. Brunu — ajoyib futbolchi, u klub uchun juda ko‘p ish qildi. U anchadan beri jamoamizda to‘p surmoqda va bu mavsumda ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti, — dedi Maynu GQ nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 09:37, 02.05.2026.
O'qildi: 769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик