Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Kerrik: «Maynu klubda uzoq vaqt qolishiga umid qilaman»

Kerrik: «Maynu klubda uzoq vaqt qolishiga umid qilaman»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa yarim himoyachisi Kobbi Maynu bilan shartnoma uzaytirilgani haqida fikr bildirdi.

«Umid qilamanki, u bu yerda uzoq vaqt qoladi va sovrinlarni qo‘lga kiritadigan muvaffaqiyatli jamoaning bir qismi bo‘ladi. Maqsad aynan shunday bo‘lishi kerak. Bu oson bo‘lmaydi, lekin qiyinchilik ham shunda. Kobbi oldinga intilishda va o‘z ustida ishlashda davom etishi kerak. «MYU» eng nufuzli sovrinlar uchun kurashishni istaydi», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi «Manchester Yunayted» rasmiy sayti.

«MYU» payshanba kuni, 30 aprel soatida, Maynu bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan besh yillik shartnoma imzolanganini e’lon qilgan edi.

Joriy mavsumda Maynu klub safida barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 09:44, 02.05.2026.
O'qildi: 509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик