Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Real» tarkibida Mastantuono uchun joy topilmayapti

«Real» tarkibida Mastantuono uchun joy topilmayapti

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi vingeri Franko Mastantuono yozda jamoani tark etishi mumkin. O‘tgan yozda «qaymoqranglilar» istiqbolli argentinalik futbolchini «PSJ» ilib ketmasligi uchun shoshilinch ravishda «River Pleyt»dan sotib olishgan edi.

Diario AS xabariga ko‘ra, endilikda «Real» rahbariyati Mastantuono uchun asosiy tarkibda joy yo‘qligini tushunib yetmoqda. Shu sababli 18 yoshli futbolchini ijaraga berib yuborish varianti tobora haqiqatga yaqinlashmoqda.

Franko Mastantuono joriy mavsumda Madrid grandi safida 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan, mashhur Transfermarkt portalidagi bahosi esa 45 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 09:56, 02.05.2026.
O'qildi: 810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик