Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Kanada JCH-2026 xavfsizlik choralari uchun qo‘shimcha 145 million dollar ajratdi

Kanada JCH-2026 xavfsizlik choralari uchun qo‘shimcha 145 million dollar ajratdi

Baho:
+ | -

Kanada hukumati 2026-yilgi jahon chempionati davomida xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha 145 million Kanada dollari (taxminan 106 million AQSH dollari) ajratadi.

Bu haqda Kanada jamoat xavfsizligi vaziri Geri Ananda Sangari ma’lum qildi.

"Ushbu mablag‘lar provinsiyalar va munisipalitetlarning turnir davomida odamlar xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, huquq-tartibot idoralarini tadbirni xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etish uchun zarur resurslar bilan ta’minlaydi", — dedi Sangari Torontodagi matbuot anjumanida.

Xabarlarga ko‘ra, ajratilgan mablag‘ning 100 millioni Vankuverga, qolgan 45 millioni esa Toronto byudjetiga yo‘naltiriladi. Ta’kidlash joizki, avvalroq Kanada hukumati xavfsizlik uchun 220 million Kanada dollari ajratgan edi, yana 100 million dollar federal agentliklar uchun 2025-yilgi byudjetga kiritilgan.

Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, barcha darajadagi (federal, mintaqaviy va shahar) xavfsizlik xarajatlarining umumiy miqdori 1 milliard Kanada dollaridan (732,3 million AQSH dollari) oshib ketadi.

2026-yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi. Kanada turnirning 13 ta uchrashuviga mezbonlik qiladi.

Kiritildi: 13:01, 02.05.2026.
O'qildi: 799 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик