Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kurtua «Barselona»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam beradi

Kurtua «Barselona»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam beradi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Barselona»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Belgiyalik posbon mart oyidan beri maydonga tushmayotgan edi, biroq tez orada safga qaytadi.

Diario AS nashrining xabar berishicha, darvozabon bo‘lajak «El-Klasiko»gacha zarur sport formasini tiklashga ulguradi. 33 yoshli futbolchining reabilitasiya jarayoni muvaffaqiyatli o‘tdi. 3 may kuni «qaymoqranglilar» «Espanyol»ga qarshi bahs olib borishadi, «Barselona» bilan to‘qnashuv esa bir hafta o‘tib, 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Alvaro Arbeloa jamoasi La Liga chempionligi uchun imkoniyatlarini deyarli yo‘qotgan: chempionat yakuniga besh tur qolganda «ko‘k-anorranglilar» bilan oradagi farq 11 ochkoni tashkil etmoqda. Tibo Kurtua joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 14:06, 02.05.2026.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик