Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Svensson uchun kurashga bir yo‘la 5 ta klub qo‘shildi

Svensson uchun kurashga bir yo‘la 5 ta klub qo‘shildi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubiga tegishli bo‘lgan qanot himoyachisi Daniel Svensson transfer bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, lateral uchun asosiy da’vogarlar sifatida Milanning «Inter» va «Liverpul» klublari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Svensson «Arsenal», «Milan» va «Atalanta» klublarining ham qiziqishlar doirasida turibdi. Germaniya tomoni, o‘z navbatida, agar himoyachi uchun 40-45 million yevro taklif qilinsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Joriy mavsumda Daniel 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning «arilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 14:07, 02.05.2026.
O'qildi: 566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик