Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Vilyarreal» o‘z tarixida ilk bor ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

«Vilyarreal» o‘z tarixida ilk bor ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

«Vilyarreal» o‘z tarixida ilk bor ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Marselino Garsiya Toral shogirdlari La Liganing 34-turida o‘z maydonida «Levante»ni tor-mor keltirdi (5:1). Ayni damda «sariq suv osti kemasi» turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi va beshinchi o‘rindagi «Betis»ni 18 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kastelyon viloyati jamoasi joriy mavsumda YECHLning umumiy bosqichida qatnashdi, biroq 8 o‘yinda bor-yo‘g‘i bir ochko jamg‘arib, jadvalda 35-o‘rinni egalladi va pley-offga chiqa olmadi.

Bungacha «Vilyarreal» to‘rt marta Chempionlar ligasida ishtirok etgan. Jamoa 2005/06 yilgi mavsumda yarim finalgacha yetib borgan (klub tarixidagi eng yaxshi natija), 2008/09 yilgi mavsumda chorak finalda to‘xtagan, 2011/12 yilgi mavsumda guruhdan chiqa olmagan va 2021/22 yilgi mavsumda yana 1/2 finalga qadar yetib borgan edi.

Kiritildi: 20:34, 02.05.2026.
O'qildi: 616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик