Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Bundesliga. «Bavariya» yana mag‘lubiyatdan chiqib ketdi

Bundesliga. «Bavariya» yana mag‘lubiyatdan chiqib ketdi

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasining 32-turi doirasida «Bavariya» o‘z maydonida «Xaydenxaym» bilan durang o‘ynadi — 3:3.

Uchrashuvning 22-daqiqasida gruziyalik hujumchi Budu Zivzivadze mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan to‘qqiz daqiqa o‘tib, Eren Dinkchi «Xaydenxaym»ning ustunligini ikki barobarga oshirdi.

Myunxenliklar Leon Goreskaning dubli evaziga muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Yarim himoyachi 44 va 57-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq 76-daqiqada Zivzivadze ham o‘z hisobiga ikkinchi golni yozdirib qo‘yib, mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi.

«Bavariya»ni mag‘lubiyatdan darvozabon Diant Ramayning 90+10-daqiqada o‘z darvozasiga kiritgan goli qutqarib qoldi.

Bundesliga chempionligini muddatidan oldin hal qilgan «Bavariya» 83 ochko bilan jadvalda peshqadamlikni davom ettirmoqda. Vensan Kompani jamoasining chempionatdagi besh o‘yinlik g‘alabali seriyasi yakunlandi. Myunxenliklar 6 may kuni o‘z uyida Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazadi (birinchi o‘yin — 4:5).

«Xaydenxaym» (23 ochko) turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida qolmoqda.

«BAVARIYA» — «XAYDENXAYM» — 3:3

Gollar: Budu Zivzivadze 22 (0:1), Eren Dinkchi 31 (0:2), Leon Goreska 44 (1:2), Leon Goreska 57 (2:2), Budu Zivzivadze 76 (2:3), Diant Ramay 90-avtogol (3:3).

«Bavariya»: Urbig, Kim Min Dje, Jonatan Ta (Alfonso Deyvis, 77), Ito, Stanishich (Yozua Kimmix, 46), Sapoko Ndiay (Harri Keyn, 46), Konrad Laymer, Pavlovich (Luis Dias, 46), Leon Goreska, Jamal Musiala (Maykl Olise, 46), Nikolas Djekson.

«Xaydenxaym»: Ramay, Maynka, Ferenbax, Bush, Sheppner, Niklas Dorsh (Zirsleben, 89), Berens, Eren Dinkchi, Ibragimovich (Kerber, 81), Piringer (Shimmer, 77), Budu Zivzivadze (Kaufmann, 81).

Ogohlantirishlar: Nikolas Djekson (45), Jonatan Ta (72), Laymer (85) — Ramay (45), Bush (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:38, 02.05.2026.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик