«Arsenal» hujumchisi Viktor Dyokeresh joriy mavsumda klub safidagi o‘zining 20-golini urdi.
Shvesiyalik hujumchi APLning 35-turi doirasidagi «Fulxem»ga qarshi o‘yinning (1:0, birinchi bo‘lim) 9-daqiqasida Bukayo Saka tomonidan yetkazib berilgan uzatmani golga aylantirdi.
Ushbu gol Dyokeresh uchun Angliya chempionatining joriy mavsumidagi 13-si bo‘ldi. Shuningdek, forvard hisobida Chempionlar ligasida 5 ta, Angliya kubogi va Angliya liga kubogida bittadan gol mavjud. U mavsumdagi o‘zining 50-uchrashuvini o‘tkazmoqda.













