Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

Arteta Sakaning «Fulxem»ga qarshi o‘yinini baholadi va uning erta almashtirilishi sababini tushuntirdi

Arteta Sakaning «Fulxem»ga qarshi o‘yinini baholadi va uning erta almashtirilishi sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Fulxem» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng vinger Bukayo Saka haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 24 yoshli futbolchi uchrashuvning 9-daqiqasida Viktor Dyokereshga golli uzatma yetkazdi, 40-daqiqada esa o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Biroq u ikkinchi bo‘limda maydonga tushmadi: tanaffusda «kanonirlar» ustozi uni Noni Maduekega almashtirdi.

«Bukayo o‘yin taqdiriga shubhasiz ta’sir ko‘rsatdi. U uchrashuv taqdirini hal qilgan ikkita samarali harakatni amalga oshirdi va biz uning nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz. Saka mavsumning eng muhim pallasida safga qaytdi — u kuchga to‘la va g‘alabaga chanqoq. Unga mana shunday o‘yin kerak edi. Biz uni almashtirishga majbur edik. Bukayo Madridda 30 daqiqacha harakat qildi, hozir esa 45 daqiqa o‘ynadi. Yuklamani asta-sekin oshirib borishimiz va ehtiyotkorlikni saqlashimiz lozim — u bizga juda kerak», — deya jurnalist Konnor Xamm Artetaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Seshanba kuni, 5 mayda, «Arsenal» Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvi doirasida «Atletiko»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 02:26, 03.05.2026.
O'qildi: 690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик