Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Aleksandr Xomyakov: «Natijadan qoniqdim, lekin o‘yinimizni yanada yaxshilashimiz kerak»

Aleksandr Xomyakov: «Natijadan qoniqdim, lekin o‘yinimizni yanada yaxshilashimiz kerak»

Baho:
+ | -

Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “So‘g‘diyona” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— Avvalambor muxlislarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislar bizdan chiroyli o‘yin va g‘alabani kutishadi, shu bois tabriklayman. Juda tig‘iz taqvim ostida o‘yinlarni o‘tkazdik, toliqib ham qoldik. O‘yinning oxirgi daqiqalarini "validol" ostida o‘tkazdik. Uchrashuvning birinchi 20 daqiqasini yaxshi o‘tkazdik. Gol urib oldik. Undan keyin negadir o‘yinimiz qovushmadi, bahsni nazorat qila olmadik, ustunlik raqibga o‘tdi va o‘z o‘yinini ko‘rsata boshladi. Natijadan qoniqdim, lekin o‘yinimizni yanada yaxshilashimiz kerak. Kuchaytirish kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Tig‘iz taqvimda yigitlar o‘ynab berishdi, buning uchun rahmat aytaman.

— Shahboz Jo‘rabekov “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olib, ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Shundan beri uning o‘rnida Kirill Todorov o‘ynayapti. Todorovni Jo‘rabekovga yaxshi almashtirish deb hisoblaysizmi?
— Todorov, o‘ylashimcha, ikkita uchrashuvni yomon o‘tkazmadi. Shahbozning o‘ziga yarasha plyuslari bor. Todorovning ham o‘ziga yarasha plyuslari bor. Bu yerda raqobat haqida gap ketyapti, keyingi o‘yinlarda kim maydonga tushishini ko‘ramiz. Menga Todorovning ikkita bahsdagi harakati yoqdi, undan qoniqdim. Unda salohiyat bor deb o‘ylayman. U hali o‘sadi.

— 70-raqamda maydonga tushgan Og‘abek Mahmadaminovni “sehrli tayoqcha” desa bo‘ladimi? Unga imkoniyat berdingiz, u imkoniyatni oqlay oldimi? Bu futbolchi U-21 jamoasida yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti.
— Biz uning imkoniyatlarini va yoshlar ligasida yaxshi harakat qilayotganini bilamiz. Qachondir uning vaqti keladi va yaxshi hujumchi bo‘lib yetishishi o‘ziga bog‘liq. Bugungi bahsni Kachavar jarohat sabab, Jo‘raboyev qizil kartochka tufayli o‘tkazib yubordi va Og‘abekka imkoniyat berdik. Uni debyut bilan tabriklayman.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 05:37, 03.05.2026.
O'qildi: 300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик