Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Torres: «Endi «Real»ning o‘yinini kutamiz, chempionlikni tezroq nishonlamoqchimiz»

Torres: «Endi «Real»ning o‘yinini kutamiz, chempionlikni tezroq nishonlamoqchimiz»

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres jamoasi bilan chempionlikni tezroq nishonlashni intiqlik bilan kutmoqda. Shanba kuni Xans-Diter Flik shogirdlari safarda «Osasuna» ustidan g‘alaba qozonishdi (2:1). Agar bugun Madridning «Real» klubi «Espanyol»ni mag‘lub eta olmasa, Kataloniya grandi muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritadi.

«Qiyin va keskin o‘yin bo‘ldi, lekin menimcha, biz o‘zimizni yaxshi ko‘rsata oldik. Endi «Real» qanday o‘ynashini kutamiz. Biz iloji boricha tezroq chempion bo‘lishni va muvaffaqiyatimizni nishonlashni istaymiz. Bu tinimsiz mehnatlarimiz uchun munosib mukofot bo‘ladi», — dedi shanba kungi bahsda gol muallifiga aylangan Torres o‘yindan keyingi intervyusida.

«Espanyol» — «Real» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Keyingi turda esa «qaymoqranglilar» «Kamp Nou»da «Barsa»ga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 10:45, 03.05.2026.
O'qildi: 827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик