Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Bavariya» «Barselona»ning rekordini takrorladi

«Bavariya» «Barselona»ning rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

«Bavariya» g‘alaba qozona olmagan bo‘lsa-da, navbatdagi sermahsul o‘yinni o‘tkazdi — «Xaydenxaym» bilan bahsda 3:3 hisobidagi durang qayd etildi. Vensan Kompani jamoasi hisobida Bundesliganing joriy mavsumida kiritilgan gollar soni 116 taga yetdi. Bu bilan myunxenliklar «Barselona»ning 2016/17 yilgi mavsumda o‘rnatgan klub rekordini takrorlashdi.

Kuchli beshlikka kiruvchi top-chempionatlar tarixida bir mavsum doirasida bundan ko‘p golni faqat «Milan» (118), Madridning «Real» klubi (ikki bor — 118 va 121) hamda «Torino» (125) jamoalari kiritgan, xolos. «Bavariya»da ushbu ko‘rsatkichni yaxshilash uchun yana ikkita o‘yin bor. Ta’kidlash joizki, tarixdagi eng sermahsul jamoalar reytingidan joy olgan qolgan barcha klublar kamida 38 ta o‘yin o‘tkazishgan, Bundesligada esa atigi 34 ta tur mavjud.

Kiritildi: 12:11, 03.05.2026.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик